<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Yolgʻiz boʻlib qolganda kishi
 Atrofgiga oʻychan boqarkan
 Oʻrtanishdan ezilib ichi
 Oʻz oʻziga savol berarkan

[V2]
 Barcha yerga nur sochar sevgi
 Yoritarkan sevgi olamni
 Qorongʻulik qiyanamasin deb
 Qizgʻanarkan butun odamni

[V3]
 Ogʻir kuning menga kelgin deb
 Quchogʻini ocharkan sevgi
 Barchasini unut bolam deb
 Bagʻriga bosarkan sevgi
 Tashvishingiz menga bering deb
 Chaqirarkan oʻziga sevgi
 Qiyinchilik unut boʻlsin deb
 // Yupatarkan barchani sevgi //
 Sevgi sevgi
 Yupatarkan barchani sevgi

[V4]
 Nega bizlar unga kelmaymiz
 Otamizku uni koʻrmaymiz
 Qiyinchilik kelsa eslaymiz
 Eslamaymiz shodlik kunlarda
 Tushkunligu tashvishlar kelsa
 Muhtojligu kasallik essa
 Ogʻir kunlar kelsa eslaymiz
 // Eslamaymiz shodlik kunlarda //

[V5]
 Azizlarim yodda tuting siz
 Tashlab qoʻymas hech kimni sevgi
 Ishonsangiz umid qilsangiz
 Javobsiz qoldirmas sevgi
 Yigʻilganda koʻylang sanolar
 Madhiyalar ruxi qoʻshiqlar
 Musiqa sozu honishlar
 Chin yurakdan aytinglar hamdlar
 Sevgi sevgi sevgi sevgi
 Barchangizga sevgi yor boʻlsin
 Barchangizga Xudo yor boʻlsin</lyrics>
<title>Sevgi</title>
<aka>Yolgʻiz boʻlib qolganda kishi</aka>
</song>